Asrlar osha insoniyatni komillik sari yetaklab, avlodlarning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobdir. Kitob – hayotdagi tilsiz muallimdir. Ayniqsa, yoshlar hayotida uning ahamiyati beqiyos. Kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslik, insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
Xalqimizda “Farzandingizga kitob o‘qishni targ‘ib etishimiz emas, balki ularga o‘rnak bo‘lishimiz lozim” degan ibora bejizga aytilmagan. Kitobxonlik bobida tengdoshlariga o’rnak ko’rsatayotgan yoshlarimiz soni kun sayin ortib bormoqda.
Jumladan, Pedagogika-Psixologiya fakulteti tashabbusi bilan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish maqsadida universitet miqiyosida "Eng faol kitobxon" ko'rik tanlovi onlayn shaklida tashkil etildi.
10-avgustda 15-avgustkacha bo'lib o'tgan tanlov natijasida quyidagi talabalar faxrli o’rinlarni qo’lga kiritdilar.
1- o'rin Aliyeva Nazokat (Filologiya fakulteti 20.93-guruh)
2- o'rin Nabijonova Maftuna ( Pedagogika-Psixologiya fakulteti 21.19-guruh)
3- o'rin Toshpo'latova Yoqutxon (Fizika-texnika fakulteti 20.10- guruh)
4- o'rin Qurbanova Sofia (Ingliz tili va adabiyoti fakulteti)
5-o'rin Boynazarova Mohinur ( Tabiiy fanlar fakulteti 20.73- guruh)