Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETIDA PROFILAKTIKA ISHLARI

10:27, 19.08.2022      


Farg’ona davlat universitetida “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish dolzarb vazifa” mavzuda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur yig‘ilishda Farg’ona davlat universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektori Poziljon Otaqulov, universitet huquqshunosi A.So’piyev, Farg’ona shahar IIO FMB voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi inspektori – psixologi, leytenant S.Qodorxonov, Farg’ona viloyati IIO FMB voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash guruhi inspektori- Akmaljon Hayitboyev, oliygohningprofessor-о‘qituvchilar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, tyuterlar hamda talabalar va ularning ota-onalari qatnashdi.

Yig’ilishda asosiy masala, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarini keltirib chiqaruvchi omillar; yoshlar ongida g‘oyaviy bo‘shliqni paydo bo’lishini oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishda axborot vositalaridan maqsadli foydalanishni tashkil etish, yosh avlod o‘rtasida o‘z vaqtida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar mazmun-mohiyatini tushuntirish va ularning huquqiy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish kabi masalalarga qaratildi.

A.Xayitbaev talabalar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar dinamikasi, jinoyat sabablari, jinoyat sodir etilishiga olib kelgan omillarni atroflicha muhokama qilib, firibgarlik bilan bog‘liq jinoiy harakatlarni sodir etmaslik va uni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yetarli darajada ko‘rilishi lozimligini, talabalarni qonunga itoatkorlik muhitda tarbiyalash kerakligini, jinoyat uchun jazo muqarrarligini hamda “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlarida jinoyatlarga qarshi keskin kurashish lozimligini haqidagi takliflarini bildirdi.

Ta’kidlab o’tish joizki, oliygohda yoshlar o’rtasida “Biz jinoyatchilikka qarshimiz”, “Giyohvandlik umr zavoli”, “Sog’lom kelajakka – sog’lom fikrli yoshlar bilan birga”, “Korrupsiyasiz hayot sari” kabi mavzularda ko’plab targ’ibot tadbirlari muntazam ravishda o’tkazib boriladi.

Yig’ilish davomida tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga, mutaxassislar tomonidan tegishli javoblarni oldilar.