Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

O‘ZBEK MATEMATIKLARI “GENT UNIVERSITY” DA

01:17, 01.09.2022      

Gent universitetida 2022-yilning 22-avgustidan 31-avgustiga qadar "Singularities in Science and Engineering" nomli yozgi maktab tashkil etilgan bo'lib, bunda dunyoning eng ilg'or matematik olimlari ma'ruzalar qilmoqdalar.Jumladan, Yuri Luchko, Virginia Kiryakova, Maria Ragusa, Sanja Konjik, Stevan Pilipovic, Mihalis Kolountzakis, Arran Fernandez, Ingo Witt, Prasun Roychowdhury va boshqa mashhur olimlar matematikaning yangi sohalariga doir ma'ruza va ilmiy baxslar olib borishmoqda.

E'tiborli jihati shundaki, ushbu ma`ruzalarda ishtirok etayotgan o‘zbek matematik olimlari qatorida Farg'ona davlat universiteti katta o'qituvchisi Azizbek Mamanazarov ham faol ishtirok etmoqda.

Jamoadoshimizga ushbu faoliyatida ham omad va ulkan zafarlar tilaymiz!