Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 472
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 60
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

USTOZ VA MURABBIYLAR BAYRAMI

15:04, 03.10.2022      

1 oktabr — O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan universitet tantanalar sahnida bayram shodiyonasi tashkil qilindi.

Tadbirga faxriy ustozlar, hozirgi kunda mehnat faoliyatini olib borayotgan ilg‘or professor-o‘qituvchi va murabbiylar taklif etildi.

Dastlab oliygoh rektori ustoz va murabbiylarni sana munosabati bilan samimiy qutladi. Barcha uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo‘lgan aziz va mo‘’tabar zotlarning mashaqqatli mehnati e’tirof etildi.

Bayramda yoshlarni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga ma’rifat ulashish yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun bir guruh ustoz va murabbiylartashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Ziyo ahlining kasb bayrami vodiyning eng mashxur xonandalari ijro etgan diltortar qo‘shiqlar, talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan madaniy dasturlar, tabriklar bilan fayzga to‘ldi.