Joriy yilning 8-oktabr kuni soat 10:00 ga belgilangan Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar yig‘ilishida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga talabgor To‘raboyeva Madinaxon Raxmonjon qizining 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining shaxsiy-kreativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.
Ushbu Ilmiy metodologik seminar yig‘ilishi Farg‘ona davlat universitetida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 150100, Farg‘ona sh., Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy. Gender tengligi tadqiqotlar markazi, 1-qavat, majlislar zali.
Tel.: (99873) 244-44-02; faks (99873)244-44-93.
e-mail: fardu_info@umail.uz