Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 514
  • Ko`rib chiqilganlar 481
    • Takliflar 61
    • Arizalar 402
    • Shikoyatlar 51
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

IJODIY UCHRASHUV

13:58, 11.10.2022      

2010-yil O‘zbekistonda yilning eng yaxshi romani deb e‘tirof etilgan"Boqiy darbadar" romani, joriy yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tanlovida nasr yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deb topilgan "Ozod" romani muallifi yozuvchi Isajon Sulton o’zining sermazmun va serjilo asarlari bilan kitobxonlar qalbidan munosib o’rin egallashga ulgurdi.

Yozuvchining ijodi bilan yaqindan tanishish maqsadida Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida O'zbеkiston xalq yozuvchisi - Isajon Sulton bilan ijodiy uchrashuv tashkillandi. Tadbirda bugungi kun o'zbеk adabiyoti va o'zbеk romanchiligi muammolari, ijodkor asarlarining badiiy xususiyatlari kabi dolzarb mavzularda davra suhbati bo’lib o’tdi.