Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

QIZLAR FORUMI

12:01, 12.10.2022      

Farg’ona viloyatida "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan “Sening tashabbusing-sening kelajaging uchun” shiori ostidagi "Qizlar ovozi" forumi bo’lib o’tdi.

Ushbu forumda viloyatimizdagi bir qator faol qizlar diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Taqdirlanganlar orasida Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakulteti talaba-qizlari ham bo’lib, ular forumda yetakchilar qatoridan o’rin oldilar.

Jumladan, Chet tillari fakulteti, Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili yo'nalishi talabasi - Odinaxon Shodmatova;

Chet tillari fakulteti, Filologiya va tillarni o'qitish : ingliz tili yo'nalishi, 3-bosqich 20/121-guruh talabasi - Ozodaxon O'rmonjonova;

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti, 22-103 guruh talabasi - Umidaxon Husanova;

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti, 22-103 guruh talabasi - Feruzaxon Jumaqoʻziyevalar tashkilotchilar tomonidan munosib rag'batlantirildilar.