Farg'ona davlat universiteti olimlari tomonidan Farg'ona vodiysidagi yangi baliq turi kashf etildi!
Farg'ona davlat universiteti biolog olimlari Baxtiyor Sheraliyev va Yorqinoy Qayumovalar xitoylik olimlar bilan hamkorlikda Farg'ona vodiysidagi So'x daryosidan yangi baliq turini kashf etishga muvaffaq bo'lishdi. Yangi baliq turiga So'x yalangbalig'i - Triplophydae daryoae deb nom berildi.
Yangi turni kashf etishda an'anaviy metodlar bilan birgalikda zamonaviy tadqiqot usullari - DNK barkoding metodidan foydalanilgan. Kashfiyot kuni kecha xalqaro Zookeys jurnalida e'lon qilindi .