Yoshlarni Vatanni sevishga, milliy urf-odatlarini, davlat tilini, o’z dinini hurmat qilishga o’rgatish hamda ularni yot g’oyalar ta’siriga tushib qolishdan saqlash maqsadida, Farg’ona davlat universitetining Matematika-informatika fakulteti 1-bosqichida ta'lim olayotgan talaba-qizlar uchun “Jaholatga qarshi – maʼrifat” tamoyili asosida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbir davomida, “Jaholatga qarshi – maʼrifat” nomli videorolik namoish etildi.
Shuningdek, tadbir davomida yoshlarga universitet ichki tartib qoidalari, talaba-qizlarlarga yaratilgan sharoitlar haqida suhbat olib borildi.