Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

TALABALAR TURAR JOYLARIDA: KO’NGILOCHAR TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

19:07, 05.11.2022      


Farg’ona davlat universitetining Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti tomonidan 6 -sonli Talabalar turar joyida "Quvnoq matematiklar" nomi ostida musobaqa tashkillandi. Gʻolib talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, Pedagogika-psixologiya fakulteti jamoasi 1-sonli o'quv binosida joylashgan Talabalar turar joyida "O'zbekiston - Yevroittifoq o'rtasidagi munosabatlarda yangi davr" mavzusida davra suhbati o'tkazdilar.

Shu bilan birga, fakultetning Psixologiya kafedrasi o'qituvchilari "Kafedra kunlari" doirasida talabalarda pozitiv fikrlash va motivatsiyani oshirish maqsadida "Eng yaxshi kun - bugun" mavzusida psixologik mashg'ulotlar o'tkazdilar.