Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​“BIR ZIYOLI BIR MAHALLAGA MA’NAVIY HOMIY”

16:30, 08.11.2022      

Farg’ona davlat universitetining Matematika-informatika fakulteti tomonidan “Bir ziyoli bir mahallaga ma’naviy homiy” shiori doirasida Farg’ona shahar A. Navoiy, Yormozozor, Navbahor, Jo’ydam, Madadkor, Mehribonlik, Ibrat, Sohibkor, Al-Xorazmiy, Tinchlik MFYlari yoshlar yetakchilari va uyushmagan yoshlar ishtirokida, “Zakovat” intellektual o’yini tashkillandi.

Tadbirda yoshlar ishlari agentligi bosh mutaxassislari A. Arabboyev, I. Qo’ldashevlar va zakovat intelektual klubi a’zosi Sh. Eraliyevlar ishtirok etishdi.

Qizg'in bahslarga boy bo'lgan o'yinda yoshlar intellektual salohiyatlarini yana bir bor sinovdan o'tkazdilar. O’yin natijalariga ko’ra:

1-o’rinni “Navbahor” MFY yoshlari;

2-o’rinni Yormozor MFY yoshlari;

3-o’rinni Ibrat MFY yoshlari qo’lga kiritishdi.