Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​BESH MUHIM TASHABBUS DOIRASIDA

09:35, 17.11.2022      

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning birinchi yo’nalishi doirasida, ya’ni yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, ular orasidan yangi iqtidorlarni aniqlash, talabalatga sahna madaniyati, milliy urf-odatlar va qadriyatlarga hurmat g’oyalarini singdirish hamda yoshlarni milliy teatriga bo’lgan mehrini uyg’otish maqsadida, Farg’ona davlat universitetining “Talabalar teatr studiyasi” Fizika-texnika fakulteti talaba-yoshlari tomonidan spektakl sahnalashtirildi.

Uyg’unning “Parvona” nomli komediyasi asosida sahnalashtirilgan spektakl milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni o’zida mujassam etganligi bilan talabalarda katta taassurot qoldirdi.