Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ASAL BAYRAMI

16:52, 25.11.2022      

Asalarilar noyob mavjudot bo’lib, ular tabiat va jamiyatning bebaho hazinasi hisoblanadi. Undan olinadigan asal mahsuloti o’zining dorivor, shifobahsh xususiyati bilan insonlarning 1000 dardiga davodir.

Bugungi kunda asalarichilik va asalchilikka berilayotgan alohida e’tibor, ushbu sohaning keng o’rganilishiga turtki bo’lmoqda. Xususan, Farg’ona davlat universitetining Zootexniya fakultetida Asalarichilik yo’nalishi tashkil etilgan bo’lib, unda faoliyat olib borayotgan “Asalchilik innovatsion markazi”ning professor - olimlar tomonidan turli tadqiqot va izlanishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Ayni kunlarda ushbu markaz tomonidan yetishtirilgan tabiiy asal mahsulotlari bilan fakultet professori R.Jamolov boshchiligidagi talabalar jamoasi viloyatimizda tashkil etilgan “Asal bayrami” ko’rgazmasida qatnashmoqdalar.