Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 471
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 59
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

MUZEYLAR – O’TMISHNING KO’ZGUSI

16:57, 25.11.2022      

Jadidlar va Qatag’on qurbonlarining hayoti va ijodini o’rganish, ularning xotirasini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilgan “Qatagʼon qurbonlari” xotira davlat muzeyining 20 yilligiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi. “Qatagʼon qurbonlari” xotira davlat muzeyining yurt ozodligi uchun kurashgan, ammo nohaq ayblanib, qatag’on qurbonlariga aylangan vatanparvarlar faoliyatini o’rganish uchun yaqin tarix haqidagi eng yaxshi manbadir.

Tadbirda viloyatlar oliygohlari tuzilmasidagi “Qatag’on qurbonlari” xotira muzeyi deriktorlari ishtirok etdilar.

Seminar davomida, “Qatagʼon qurbonlari” xotira davlat muzeyining 20 yillik sarhisobiga bag’ishlangan hamda muassasa ma’muriyati tomonidan tayyorlangan “Ular Germaniyada o’qir edilar” foto ko’rgazmasimasi namoyish etildi.

Tadbir so’nggida, muzey faoliyatiga katta xissa qo’shgan, jadidlar faoliyatini o’rganishda jonbozlik ko’rsatayotgan bir qator olimlar va mutaxassislar esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.