Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 471
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 59
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

​“ENG YAXSHI TALABA”

17:59, 26.11.2022      

Ma’lumki, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi tomonidan “Yil talabasi” tanlovi eʼlon qilingan edi. Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi:

Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi;

Yilning eng faol targʻibotchi talabasi;

Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;

Yilning eng faol sportchi talabasi;

Yilning eng faol iqtidorli talabasi;

Yilning eng faol ijodkor talabasi;

Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

“Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish” markazining ushbu tanlov doirasida tashkil etilgan “Imkoniyati cheklangan talabalar” oʻrtasida eʼlon qilingan “Eng yaxshi talaba” tanlovining final bosqichida yuqori ball to‘plagan talabamiz Yorqinbek Odilovni g’oliblikni qo’lga kiritdi!