Farg’ona davlat universiteti hamda Vеngriya qishloq xo'jaligi va hayot fanlari univеrsitеti o'rtasidagi hamkorlik aloqalari doirasida Vengriyada bo'lgan delegatsiya vakillari tashrifi yakunladi.
Tashrifda erishilgan natijalar qatorida istiqbolli kelishuvlar, jumladan, oliygohning qo'shma fakulteti faoliyatini yanada kengaytirish, talabalar uchun xalqaro loyihalar doirasida grantlar ajratish, qo'shma bakalavr yo'nalishlari hamda magistratura mutaxassisligi tashkil etish, ikki tomonlama diplomlar berish, doktorantlarga ikki tomondan ilmiy rahbarlar biriktirish, mamlakatda agrar tarmoq uchun kuchli mutaxassislarni tayyorlash, bakalavrlar, magistrlar,yosh ilmiy-tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilarni akademik almashinuvlar orqali tajribalarini oshirish, forumlar o'tkazish kabi muhim masalalar rejalashtirib olindi.