Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“BIZ SOG’LOM TURMUSH TARAFDORIMIZ”

16:19, 02.12.2022      

OITS(Orttirilgan imunitet tanqisligi sindiromi) – butun dunyo global muammolaridan biri bo’lib, bugungi kunda u, yer yuzi aholisi salomatligiga havf solayotgan jirkanch illatlardan biridir.

Shuning uchun ham 1- dekabr “Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni” sifatida keng targ’ib etib kelinadi. Farg’ona davlat universitetining Pedagogika kafedrasi o’qituvchilari tomonidan ham 1-sonli Talabalar turar joyida yashovchi talabalar o’rtasida sana munosabati bilan “Biz – sog’lom turmush tarafdorimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida talabalar o’rtasida devoriy gazetalar tanlovi o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatida talabalarga OITS va uning oqibatlari xususida ma’lumotlar berildi va mavzu yuzasida videorolik namoyishi talabalarga havola qilindi.

Shuningdek, oliygohning Zootexniya fakulteti tyutorlari tomonidan "1- dekabr Butunjahon OITS ga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan talabalar o'rtasida devoriy gazetalar tanlovi o'tkazildi. Tanlovda barcha talabalar faol qatnashdilar.