Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​“OLOV – TILSIZ YOV”

09:28, 07.12.2022      

Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida "Olov - tilsiz yov" mavzusida fakultet tyutorlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda ahamiyati, loqaydlik va e’tiborsizlik tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yong’in bilan bog’liq hodisalar va shunday paytda fuqarolarning qanday harakatlanishi, birinchi navbatda ko‘riladigan choralar to‘g‘risida gapirildi.

Suhbat davomida barchani nosoz qo‘lbola elektr uskunlaridan foydalanmaslik, elektr toki uzatgichlaridan uzilmay qolgan texnika vositalariga alohida e’tibor berib xonani tark etish kabi yong‘inni oldini oluvchi qoidalarga rioya etishga chaqirdi. Shuningdek, videoroliklar namoyishi bilan talabalarga mavzuni keng yoritib berdilar.