Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

USTOZLAR ME’ROSI

14:29, 10.12.2022      

Xalqimizning ma’naviy saviyasini oshirish, yosh avlodni yuksak insoniy g‘oyalar, ona Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida kamol toptirishda musiqa san’atining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

Farg‘ona davlat universiteti tashkillangan ma’naviy-marifiy tadbirda ham talaba-yoshlarning ustozlar me’rosiga hurmat, ularni qadrlash va o’rganish g’oyalari aks etdi.

Tadbirda San'atshunoslik fakultetining yosh ijodkorlar o’rtasida O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi, kompozitor A. Abdusattorovning yaratgan asarlarini ma’romoga yetkazib kuylash bo’yicha tanlovi bo'lib o'tdi.

Tadbirni universitetning yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha rektor o'rinbosari F.Otaqulov ochib berdi. Tadbir natijasiga ko'ra yosh, faol ijodkor talabalar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.