Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​XUSHXABAR

13:54, 23.12.2022      

2022/2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 566 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

Quvonarlisi, Farg’ona davlat universitetining bir qator talabalari ham ushbu stipendiyatlar qatoridan munosib o’rin egalladilar.

Xususan, Fizika-texnika fakulteti Fizika yo‘nalishi 4-bosqich, 19.10-guruh talabasi Homidjonov Doniyorjon Qahramon oʻgʻli Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Shuningdek, Matematika-informatika fakulteti matematika yo'nalishi 3-bosqich, 20.06-guruh talabasi Yunusaliyeva Mohinur To'lqinjon qizi Ulug'bek nomidagi Davlat stipendiyasi g'olibi bo'ldi.

Talaba bunga qadar Akademik Jamoil Karimov nomli universitet stipendiyasi g'olibi bo'lgan.