Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida “Keksalar haftaligi” tadbirlari o‘tkazilamoqda.
Ushbu haftalik doirasida, Farg’ona davlat universitetining Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi, fakultetda uzoq yillar ishlagan va hozirda nafaqada bo‘lgan faxriy professor-o'qituvchilar holidan xabar olinib, ularga esdalik sovg‘alari ulashdilar.
Suhbat davomida, ustozlar o‘z hayot yo‘llarini yoshlarga so‘zlab, o‘tmish xotiralarini yodga olar ekanlar, bugungi tinch va osuda hayotimizga shukrona keltirdilar.