Talabalarning qishki ta’til vaqtini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash ta’minlash maqsadida “Axborot texnologiyalari bilimdoni” masofaviy tanlovi o‘tkazilgan edi.
Tanlov yakuniy natijalariga ko‘ra,
1-o‘rinni Matematika-informatika fakulteti, Amaliy matematika va informatika yo‘nalishi, 3-kurs talabasi Muxtorov Asadbek Abdurasul o‘g‘li;
2-o‘rinni Matematika-informatika fakulteti, Amaliy matematika va informatika yo‘nalishi, 3-kurs talabasi Ahmadjonova Zarnigor;
3-o‘rinni Magistratura bo‘limi, lingvistika ingliz tili yo‘nalishi 2-bosqich magistranti Tojaliev Akmaljon Mo‘minjon o‘g‘li.
Universitet bosqichida g‘olib bo‘lganlar 1-, 2-, 3-darajali Diplom va quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 3 barobari (1 553 640 so‘m);
2-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 2 barobari (1 035 760 so‘m);
3-o‘rin – bazaviy stipendiyaning 1,5 barobari (776 820 so‘m).