Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​TALABALAR HARBIY QISMDA

11:08, 11.02.2023      


Talaba-yoshlarda Vatanga dahldorlik tuyg’ularini chuqur his qilish va ularda vatanparvarlik g’oyalarini yuksaltirish maqsadida Farg’ona davlat universiteti Yoshlar Ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti hamda Pedagogika-psixologiya fakulteti talabalari tomonidan Sharqiy harbiy okrugi 52788 harbiy qismga sayohat uyushtirildi.

Bunda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona yurtga bo’lgan sadoqat va muhabbatlarini yanada oshirish, Vatanimiz ravnaqi uchun munosib hissalarini qo’shishlari bosh maqsad bo'ldi.

Sayohat davomida talabalar Respublikamizda harbiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, Harbiy havo desantchilarining amaliy mashg’ulotlari, Harbiy havo lanerlari, yangi tashkil etilgan o’quv mashg'uloti auditoriyalarini kuzatib bordilar.