Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​“BARHAYOT SIYMO”

11:18, 11.02.2023      

Yurtimizda keng nishonlanayotgan “Navoiyxonlik” tadbirlari doirasida Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag'ishlangan “Barhayot siymo” nomli ilmiy-adabiy anjuman bo'lib o'tdi. Bunda universitet jamoasi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar hamda talabalar ishtirok etdilar.

Anjumanni kirish so'zi bilan ochib bergan oliygoh rahbari, pedagogika fanlari doktori, professor -Bahodirjon Shermuhammadov so'z mulkining sultoni Alisher Navoiyning keng adabiy merosi, uning òrganilishi va ushbu ma'naviy merosga vorislik xususida alohida to'xtalib o'tdi.

Navoiyshunos olimlar shoirning hayot yòli va ijodiy faoliyati haqida ma'ruzalar o'qidilar. Shuningdek, badiiy qismda talaba-yoshlar tomonidan ulug' mutaffakir hayotidagi ustoz shogirdlik munosabatini òzida aks ettirgan sahna kòrinishi, g'azallar, kuy va qo'shiqlar ijro etildi.