Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 471
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 59
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

TALABALAR TEATR STUDIYASI: FarDU jamoasi tomoshabinlar qalbini zabt etdi!

15:40, 11.02.2023      

Teatr sintetik sanʼat boʻlib, jamiyat hayotida, tomoshabinlarning maʼnaviy va estetik tarbiyasida muhim oʻrin tutadi. Unda dramaturgiya, musiqa, tasviriy sanʼat, raqs, meʼmorlik ajralmas birlikni tashkil etadi. Teatrning muhim vositalaridan biri sahna nutqidir.

Talabalarda sahna madaniyatini shakllantirish, yosh iste’dodlarni kashf qilish, ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Farg'ona viloyatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilayotgan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda Viloyatdagi oliy ta'lim muassasalarining talabalar teatr studiyalari jamoalari oʻzaro bellashdilar.

Tanlovda FarDUning talabalar teatr jamoasi "Gulbahor" nomli spektaklni namoyish etib, 2-o'ringa sazovor bo'ldilar.