Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 471
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 59
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

UYG’ONISH DAVRI HUKMDORI

18:37, 15.02.2023      

“Andijondirkim Farg’ona viloyatining poytaxtidir. Oshlig’i vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo’lur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas.”

Bu tasvirlarni o’qigan har biri kishi ko’z oldida “Boburnoma” gavdalanadi. Biz har gal “Boburnima”ga murojaat qilganimizda yangi bir ma’no, yangi bir qirrasini kashf qilgandek bo’lamiz. Biz Boburni shoir sifatida ko’p e’tirof etamiz, g’azallarini mutoala qilamiz. Lekin “Boburnoma”ni varaqlar ekanmiz, bu kitob bizga nafaqat badiiy, balki ulkan ilmiy va tarixiy meros ekanligiga ham takror-takror amin bo’lamiz.

Talaba – yoshlarga Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi bilan birga “…uyg’onish davri hukmdorlarining haqiqiy namunasi…” sifatida o’rganish, ularda vatan tuyg’usini rivojlantirish maqsadida Tarix fakulteti tuytorlari tashabbusi bilan Shoh va shoir, buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligini keng nishonlash maqsadida 5-sonli talabalar turar joyida talabalar ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi.