Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“ILM-FAN SOHASIDAGI AYOLLAR VA QIZLAR XALQARO KUNI”

17:00, 24.02.2023      

Ayollar va qizlarning ilm-fan bilan to'laqonli foydalanishlariga teng imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish maqsadida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Taraqqiyot maqsadlaridagi fan, texnika va innovasiyalar” to'g'risida rezolyusiyada 11 fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb e'lon qilingan. Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida shbu muhim sanaga bag'ishlangan “Ibrat sohibalari” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda fakultetda uzoq yillar davomida mehnat qilayotgan olima ayollar o’zlarining erishgan yutuqlari, uning zamirida faqat ilm olish, ko'p o'qish, tinimsiz izlanish yotganini talaba-qizlarga ibrat maktabi sifatida aytib o'tdilar. Ilm bilan bir qatorda oilanining ham mukammal bo'lish o’rni borligi, farzandlar tarbiyasini ham barobar olib borganliklarini so’zlab berdilar. Talabalarga motivatsiya berdilar, ularni ilmiy sohada faol bo'lishlariga chorladilar. Tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.