Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 354
  • Ko`rib chiqilganlar 319
    • Takliflar 50
    • Arizalar 267
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI VAKILLARI QOZOG’ISTON SAFARIDA

19:43, 02.03.2023      


Qozog'istonda xizmat safarida bo'lgan FarDU vakillari Jumabek Tashenev nomidagi universitet faoliyati bilan tanishdilar. Ikki oliy o'quv yurti o'rtasida ilmiy aloqalarni o'rnatish, tajriba almashish hamda birgalikda adabiyotlar yaratish bo'yicha kelishuvlarga erishdilar.

Shuningdek, vakillarimiz Yu.Saremi nomidagi 107-sonli maktab-liyseyiga tashrif buyurdilar. Ushbu muassasada o'quvchilarga dars mashg'ulotlari o'zbek tilida olib boriladi. Vakillarimiz dastur asosida muasasa o'qituvchilari tomonidan o'tkazilgan ochiq darslarda, seminarlarda ishtirok etdilar hamda o'zlari ham bevosita dars mashg'ulotlari, master klasslar o'tadilar. Shuningdek, muassasa ma'muriyati, fan o'qituvchilari hamda o'quvchilarga FarDU olimlari tomonidan yaratilgan darsliklar, monografiyalar hamda o'quv qo'llanmalarini taqdim etdilar.