Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 471
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 59
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

OLIYGOH REKTORINING FILOLOGIYA FAKULTETI TALABALARI BILAN UCHRASHUVI

19:49, 02.03.2023      


Farg’ona davlat universiteti talabalari bilan bo’lib o’tayotgan muloqotlar doirasida bugun rector Bahodirjon Shermuhammadov Filologiya fakulteti yoshlari bilan uchrashdi.


Bahorning bilinchi kunida o’tayotgan samimiy uchrashuv avvalida universitet rahbari talaba-yoshlarni bahoriy ayyom bilan qizg’in tabrikladi. Ochiq muloqot ruhida bo’lib o’tgan suhbatda talabalar o’z taklif va tashabbuslari, muammo va kamchiliklarini erkin bildirdilar. Muloqotda yoshlar universitet rahbarining hayotiy tajribalaridan, foydali tavsiyalaridan bahramand bo’ldilar.

Bunda bo’lajak adabiyotshunoslar va tilshunoslarning kelajak avlod oldidagi burchi va ma’suliyati, so’z erkinligi, jamoatchilik nazorati borasidagi muhim ishtiroki, Muhtaram Prezidentimizning ta’lim tizimiga qaratilayotgan yuksak etiboriga ularning munosib javobi zarurligi alohida ta’kidladi.