Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 502
  • Ko`rib chiqilganlar 468
    • Takliflar 61
    • Arizalar 392
    • Shikoyatlar 49
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“ZULFIYAXONIM – TONG KUYCHISI EDILAR…”

19:49, 02.03.2023      

Koʻklam va baxt jarchisi, tong kuychisi Zulfiyaxonim sheʼrlarini oʻqiganda tongning oq alangasi, qirovli maysalar nafasi, kumush nurlar jarangi, qor tagidan bosh koʻtargan binafshaning ifori dimogʻimizga uriladi. Shoira bahorda tavallud topgani uchun tabiat manzaralari hayoti, taqdiriga uygʻunlashib ketgan. Inson yuragida bong urgan hissiyot borki, barchasi ayol qalbiga yaqin.

Zulfiyaxonimga oilaviy baxt toʻla-toʻkis nasib etmagan boʻlsa-da, u sheʼrlarida “Men oʻtgan umrimga achinmay qoʻydim... Chunki, izzatni ham koʻrdim” deydi. Boshiga bulutdek yogʻilgan ayriliq azobini, gʻam anduhlarni matonat bilan yengadi. Uning iztiroblari, armonlari ham togʻdek bardoshli, vafoli, irodali ayol sadoqati gavdalanadi.

Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar doirasida San'atshunoslik fakulteti xotin-qizlar Kengashi tomonidan O‘zbekiston xalq shoirasi bilan iqtidorli talaba-qizlar ishtirokida “Zulfiyaxonim – tong kuychisi edilar…” nomli mushoira o‘tkazildi.