Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

TAQDIRLOV

09:10, 04.03.2023      

Jahon tarixi kafedrasi tomonidan e’lon qilingan talabalar o‘rtasidagi "Eng yaxshi ilmiy maqola" tanlovi g‘olibasi A'zamova Dilobar 1000000 (bir mln) so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Tanlovda qatnashgan talabalarning tezislari "ICAHWH" ilmiy to‘plamining "Yosh tarixchi" nomli jildida Londondagi OMNIScrictum nashriyoti tomonidan chop etiladi.

Shuningdek, o‘z kelajagini haqiqiy ilm-fan bilan bog‘lash niyatida bo‘lgan, fanlar bo‘yicha chuqur bilimga ega, chet tillarini egallagan, kreativ va erkin fikrlovchi talabalarni birlashtirish maqsadida tashkil etilgan "Iqtidor klubi"ga yangi a'zolar qabul qilindi.

Tarix yo‘nalishining yangi iqtidorlari bilan tanishing:

Karimov O‘g‘abek - 2-kurs

Mirahmedov Abdujalil - 3-kurs

Rahimjonov Fayozbek - 3-kurs

Ro‘zimatov Mirzabek - 3-kurs

"Iqtidor klubi" yangi iqtidorlarni qidirishda davom etadi va maqolalar tanlovining navbatdagi bosqichini e'lon qilidi.

Bosh mukofot - 1.500.000 so‘m.

Maqola qabul qilishning so‘nggi sanasi 2023-yil 1-iyun.