Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“BARKAMOL AVLODLAR MURABBIYLARI”

10:10, 06.03.2023      

Ajdodlarimizning azaliy orzusi bo’lgan sog’lom, baquvvat, ma’naviy boy, ruhan va jismonan yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashdek ezgu ishga o’zini baxshida etgan universitetimizning olimu fozillari talaygina. Jahon sport arenalarida Yangi O’zbekiston Madhiyasi yangrab, bayrog’imiz baland ko’tarilishida, Vatanimiz sportchilarining qo’lga kiritayotgan yutuqlar zamirida ularning zahmatli mehnatlari va munosib hissalari bor.

So’nggi yillarda barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga bel bog'lagan murabbiylarning mehnatlari yuksak baholanib, e’tirof etilmoqda.

Ana shunday jonkuyar ustozlardan biri - Farg’ona davlat universitetining yetuk olimi, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan mamlakatimiz aholisini sog’lom turmush tarzi va ommaviy sog’lomlashtirish strategiyasining fidoiy ijrochisi, “Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti” kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori – Xankeldiyev Sher Xakimovichdir.

Bugun professorning 85 yilligi munosabati bilan Farg'ona davlat universitetida “Mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida jismoniy madaniyat mutaxassisligining kasbiy, nazariy va amaliy tayyorgarligini takomillashtirish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Anjuman avvalida soha fidoiysi, taniqli sport ustasi va murabbiysi, olim - Shеr Xankеldiyеv oliygoh jamoasi tomonidan munosib taqdirlandi.

Ustozga hamkasblarning bayramona qutlov va tabriklari bildirildi. Samimiy tilaklarda O'zbеkiston sporti rivoji uchun ko'plab olimlar, sport murabbiylari, jismoniy madaniyat o'qituvchilarini kamolga yеtkazgan bu insonga minnatdorchilik izhorlari aytildi.

Anjumanda oliygoh rahbariyati, professor-o’qituvchilar, fakultet jamoasi, nuroniy ustozning shogirdlari, ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar va talaba-yoshlar, shuningdek, O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori v.v.b. – B.B. Musayev, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori v.b., p.f.d.(DSc) professor – N.T. To’xtaboyev, Rossiya federatsiyasi Shimoliy-sharqiy federal universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi – N.V. Nikifirov, I.Arabayev nomidagi Qirg’iz davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori – X.F. Anarqulov kabi bir qator nufuzli mehmonlar ishtirok etdilar.

Ular o'z ma'ruzalarida jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatning dolzarb muammolari va uning yechimlari, O'zbekistonda sport sohasining bugungi kundagi taraqqiyoti, sohani rivojlantiruvchi omillar xususida yangicha ilmiy qarashlarni ilgari surdilar.