Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 471
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 59
    • Arizalar 365
    • Shikoyatlar 47
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

REKTOR TABRIGI

13:10, 07.03.2023      

Siz muhtarama ayollarimizga bahoriy ayyomda qalbimdagi samimiy tilaklarimni izhor etar ekanman, xonadonlarni fayzga, hayotimizni go‘zallikka to‘ldirib turganingiz uchun, borligingiz uchun hamisha ta’zimdaman.

Sizning mehr taftingiz bilan biz o‘z oldimizga qo‘ygan oliy maqsad sari ildam bormoqdamiz va jahondagi ilm-ma’rifat taraqqiy topgan mamlakat kelajagini qurmoqdamiz.

Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, har qanday jamiyat va davlatning qay darajada xalqparvar hamda adolatli ekani uning xotin-qizlarga bo‘lgan munosabati va g‘amxo‘rligi bilan belgilanadi.

Yangi O‘zbekiston qiyofasida, eng yuksak natijalarda ayollarimizning munosib, buyuk hissasi borligini chuqur his etamiz!

Biz uchun mehr-muhabbat va vafo timsoli bo‘lgan munis chehrangiz hamisha baxtdan yorishib tursin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!