Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​“HOKIM SOVRINI UCHUN” SPORT MUSOBAQALARI

10:27, 11.03.2023      

Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, ommalashtirish hamda uni umummilliy harakatga aylantirish fuqarolar salomatligini mustahkamlash, yosh avlodning barkamol voyaga yetishida muhim omil hisoblanadi. Shu bois yurtimizda jismoniy tarbiya hamda sportga davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri sifatida alohida e'tibor qaratilmoqda.

Sport – qizlar salomatligini mustahkamlash bilan birga ularning dunyoqarashini kengaytirib, tibbiy madaniyatini yuksaltirmoqda. Mashg'ulotlarda toblangan qizlar oila, jamiyat, Vatan oldidagi mas'uliyatini teran anglab, sog'lom va baxtli turmush qurmoqda.

Sporting voleybol turi bo'yicha Farg'ona viloyatidagi boshqarma, tashkilot va idoralarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o'rtasida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan "Hokim sovrini uchun" o'tkazilgan musobaqada Farg'ona davlat universiteti ayollar terma jamoasi faxrli II o'rin sohibi bo'ldilar.