Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​FIZIKA-TEXNIKA FAKULTETIDA REKTOR UCHRASHUVI

09:38, 10.04.2023      

Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov raisligidagi navbatdagi uchrashuv Fizika-texnika fakulteti talabalari ishtirokida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvni samimiy suhbat orqali yoshlar olamiga chuqurroq kirib borishdan boshlagan universitet rahbari fakultet rahbariyatining ishtirokisiz muloqot qildi, talabalarning takliflari tinglandi, muammolari o'rganildi.

Bunda yoshlar universitet rahbari bilan yuzma-yuz, ochiq suhbatga kirishdilar. Muloqot davomida ziyo maskaniga munosib bo'lish, yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish, odob-axloqni, insoniylikni unutmaslik, tartib-intizom, jamoat odobiga rioya qilish kabi masalalarda o'zaro suhbat bordi.