Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

“KITOBXON TALABA” TANLOVI

11:39, 14.04.2023      

Xalqimiz tilida kitob oʻqib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar oʻrganishning ahamiyatiga doir maqollar juda koʻp. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirogʻi”, “Goʻzallik – ilmu maʼrifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon insonlarga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli boʻlishining muhim omili – bu kitobga doʻst boʻlish, va kitob oʻqishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida oʻrni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.

Kitobxonlik tadbirlari doirasida Matematika-informatika fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida xalqimizning ardoqli farzandi, ulug‘ so‘z san’atkori, milliy romanchilik maktabiga tamal toshini qo‘ygan inson, hayot haqidagi yo‘g‘rilgan hikoya va hajviyalari bilan milliy adabiyotimiz xazinasini boyitgan, uni yangi bosqichga olib chiqqan benazir adib Abdulla Qodiriy tavalludining 129 yilligiga bag‘ishlangan "Kitobxon talaba" tanlovining fakultet bosqichi bo’lib o'tdi.