Bugun barcha saʼy-harakatlar, muxtasar aytganda, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ekan, Bosh qomusimizga kiritilayotgan barcha oʻzgartishlarning negizida ham Oʻzbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulugʻvor gʻoyasi yotganligini koʻrishimiz mumkin. Konstitutsiyaviy oʻzgarishlarning asl mohiyati ham shu aslida. Chunki xalqimiz hozirgi tarixiy islohotlarning mazmun-mohiyatini toʻla anglab yetmoqda.
Xalq fikrini oʻrganish asosida mamlakat konstitutsiyasini takomillashtirish yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi sifat darajasiga koʻtarish, xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirish, Oʻzbekistonning dunyodagi eng ilgʻor davlatlari qatoriga kirishiga ulkan imkoniyatlar yaratadi. Shu ezgu gʻoyalarni oʻzida mujassam etayotgan koʻplab tadbirlar yurtimiz boʻylab tashkil etilib kelinmoqda.
Xususan, Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakulteti va O'zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi Farg'ona shahar Kengashi hamkorligida Yangi Konstitutsiyamizning targ‘ibotiga oid tadbir o‘tkazildi.