Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY XABARLAR

12:32, 25.04.2023      

Kalit so’zlar: FarDU, Filologiya, tilshunoslik, o’zbek tili, lisoniy, nolisoniy vositalar, qarama-qarshi munosabatlarni ifodalovchi so’zlar, falsafa doktori, ilmiy daraja, dissertatsiya

Mamlakatimizda o’zbek tilining qo’llanish doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o’ziga xos xususiyatlariga bag’ishlangan ilmiy izlanishlar bilan jamiyat tafakkurini yuksaltirishga o’z hissasini qo’shayotgan yosh olimlar safi kengayib bormoqda.

Xususan, Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakulteti, Tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi O‘rinboyeva E’zozxon Komolovnaning 10.00.01 - O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek tilida qarama-qarshilik munosabatini ifodalovchi lisoniy va nolisoniy vositalar” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining kafedra muhokamasi bo‘lib o‘tdi.