Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 468
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 59
    • Arizalar 364
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​SPORT BILAN SOG’LOM HAYOT SARI

14:35, 26.04.2023      

Sogʻlom turmush tarzi, inson salomatligini asrash, uzoq umr koʻrishning garovi ekanligi hammamiz uchun ayon haqiqat boʻlib, aholining sogʻlom turmush tarzi va farovon hayoti ifodasi hisoblanadi.

Aholi va yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, sogʻlom turmush tarziga intilishlarini shakllantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish hamda ayollar sportini rivojlantirish maqsadida Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida “Ibrat” mahalla fuqarolar yig’ini hududida yashovchixotin-qizlar va fakultetfa faoliyat olib borayotgan ayollar o’rtasida“Sport bilan sog’lom hayot sari” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi. Musobaqalarda sportning arqon tortish, shaxmat-shashka hamda voleybol turi bo’yicha kuch sinashdilar.