Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 313
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​XALQARO HAMKORLIK

10:31, 28.04.2023      

Xalqaro hamkorlik doirasida professor-o’qituvchilarning bilim berish salohiyatini yanada oshirish, o‘quv dasturlarini uzluksiz ravishda monitoring qilish va ta’lim sifatining xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash jarayonida xalqaro tajriba almashinuvi va xodimlar malakasini muntazam ravishda oshirish maqsadida, Farg’ona davlat universitetining Agrar qo’shma fakultetining Mevachilik va sabzavotchilik kafedrasi mudiri Sh.Eshpulatov, Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va dorivor o‘simliklar kafedrasi mudiri A.Turdaliyev, Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va dorivor o‘simliklar kafedrasi dotsenti M.Rahimov, mazkur kafedra katta o‘qituvchisi J.Qodirov, Mevachilik va sabzavotchilik kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Kabilov, Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Zakirova hamda mazkur kafedra o‘qituvchisi Sh.Ibragimovalar Qozog‘istonning Qozoq milliy agrar tadqiqot universitetida malaka oshirish kurslarida ishtirok etishmoqda.