Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 468
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 59
    • Arizalar 364
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​REKTOR UCHRASHUVI

13:04, 22.05.2023      

Farg’ona davlat universiyetining Jismoniy madaniyat fakultetida, fakultet jamoasi hamda universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov raisligida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv kun tartibidan talabalarning ta'lim sifati, ma'naviy rivojlanishi, tarbiyasi, yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha qilinayotgan ishlar, "talababay" ishlash tizimi kabi asosiy masalalar o'rin oldi.

Shuningdek, fakultet jamoasining ilmiy salohiyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar: milliy va xalqaro reytingning yuqori pog'onalaridan o'rin egallashga bo'lgan harakat, xalqaro va Respublika ilmiy jurnallarida maqolalar chop etilishi holati, iqtiboslik, monografiyalar, uslubiy qo'llanmalar, yozilayotgan darsliklar ko'lami, "ustoz-shogird"tarzida yoshlarning ilmiy faoliyatga jalb etilishi kabi muhim masalalar - kafedralar kesimida chuqur muhokama etildi.