Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 347
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 262
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 35

​FarDU rektori mahallalarda yoshlar bilan uchrashdi

08:37, 30.05.2023      

Yoshlar bilan ishlash natijadorligini oshirish doirasida Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon Shermuhammadov bugun shaharning "Bahor", "Sovurbuloq", "Yangi asr", "Ipak yo'li" mahallalaridagi xonadonlarda bo'lib, muloqotlar olib bordi.

O'rganishlar davomida universitetning San'atshunoslik fakulteti, 4-bosqich talabasi G.Hamzayeva (imkoniyati cheklangan) va ijtimoiy himoyaga muhtoj M.Abdullayevaga 1 500 000 so'mlik vaucher taqdim etilib, yoshlarning ishga joylashishi masalasi ham ijobiy hal etildi.

Muloqotlar chog'ida IT sohasiga va koreys tilini o'rganishga bo'lgan qiziqishi baland ekanini bildirgan Abubakir Erkinov murojaati shu yerning o'zida hal etilib, universitet rahbari uni imtiyoz asosida Farg’ona davlat universiteti to'garaklariga yo'naltirdi.

Shuningdek, o'rganishlar jarayonida universitet homiyligida xonadoni ta'mirlanayotgan D.Murodjonova holidan xabar olindi va uning o'z kichik biznesini davom ettirishi uchun zarur mablag' ajratilishi ham belgilandi.

Mazkur uchrashuvlar yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishlari, mehr va g'amxo'rlikdan kuch olishlarida muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda.

Ayniqsa, ularga oliygoh jamoasining sovg'alari ulashilganda, e'tibordan ko'ngli ko'tarilib, hayotiy intilishlari yanada ortmoqda.