Farg’ona davlat universitetining xalqaro salohiyati, ta'lim sifatini yanada oshirish maqsadida fizika-texnika, filologiya, jismoniy tarbiya va sport hamda chet tillari mutaxassislaridan iborat professor-o‘qituvchilarimiz 2023-yil 5-iyun kuni Muxtor Avezov nomidagi janubiy Qog‘og‘iston davlat universitetiga tashrif buyurdilar.
Ma'lumki, Qozog‘istonning ushbu nufuzli universiteti QS WORLD UNIVERSITY RANKINGS reytingida 443-o‘rinda turadi. Universitetimiz vakillari hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash bo‘yicha bir qator kelishuvlarga erishdilar. Shuningdek, ular tomonidan ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha master klasslar o‘tkazildi.