Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI REKTORI BAHODIRJON SHERMUHAMMADOV TOMONIDAN YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI IJROSIGA QARATILGAN MULOQOTLAR MAHALLALARDA DAVOM ETMOQDA

10:33, 26.06.2023      

Farg'ona shahar, Ipak yo'li mahallasi, O'zbekiston ovozi ko'chasida yashovchi Muhammadyusufov Abdullohning xonadonida bo'lgan universitet rektori o'zaro suhbat davomida uning kompyuter texnologiyalariga qiziqishi va bu yil oliygohga o'qishga kirish uchun hujjat topshirganiga e'tibor qaratdi. Abdulloh IT yo'nalishi bo'yicha universitetda faoliyat yuritayotgan o'quv kurslariga bepul qatnashishi mumkinligi bildirildi.

Shuningdek, Navbahor mahallasi, Yangi asr ko'chasida yashovchi,3-guruh nogironi - I.Yuldashevga esa universitetning axborot texnologiyalari, robototexnika to'garaklariga bepul qatnashishi uchun imtiyoz yaratildi.

Yana shu mahallada istiqomat qiluvchi,2-guruh nogironi R.Usmonova holidan xabar olinib, uning muammolari o'rganildi va universitet psixologi bilan muloqot rejalashtirildi.