Mahalla yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hayotda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish, ularni maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash maqsadida Farg'ona davlat univеrsitеti rahbariyati - har hafta olib borilayotgan mahalla yoshlari muammolari bilan ishlash bo'yicha sayyor o'rganishlarni Farg'ona shahridagi Oqariq, Yoshlar, Yulduz, Sharshara,Ipak yo‘li, Huvaydo, Jo‘ydam mahallalarida davom ettirdi.
Xonadonlarda olib borilgan muloqotlarda - 2-guruh nogironi O.Ahmadjonov, 1-guruh nogironi D.Nodirov, I.Esonaliyev, M. G‘ofurova, B.Tursunboyevlar, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj - N.Delova, A.Akramovlar murojaatlari o'rganilib, ularga moddiy yordam ko'rsatildi.