Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!” deb nomlangan tantanali bayram tadbiri va diplom topshirish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirni o'z kirish so'zi bilan ochib bergan universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor - Bahodirjon Shermuhammadov bitiruvchilarga kelgusi maqsad va rejalarini amalga oshirishda omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Shuningdek, tadbirda joriy o‘quv yilida akademik litseyni muvaffaqiyatli tamomlagan jami 286 nafar bitiruvchidan 64 nafariga “Imtiyozli” diplomlar topshirildi hamda muhtaram Prezidentimizning 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 4910-son qaroriga asosan joriy etilgan “Akademik litseyimiz iftixori” stipendiyasiga munosib ko‘rilgan 10 nafar akademik litsey bitiruvchisiga sertifikatlar topshirildi.