Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​VATANGA QASAMYOD

11:18, 27.06.2023      

Dunyoda faqatgina - Vatan yagona! Unga borini bag’ishlash, so’nggi nafasigacha xizmat qilish har qaysi zamonlarda bo’lmasin, inson uchun baxt va sharaf bo’lib kelgan.

Farg’ona davlat universitetining Harbiy ta’lim fakulteti, 2-bosqich kursantlari ham o’z yigitlik burchlarini sidqi dilda ado etishga bel bog’lab, tantanali ravishda "Vatanga qasamyod" qildilar.

Marosimda universitet va Sharqiy harbiy okrug rahbariyati, kursantlarning ota-onalari, hamda yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirda so’z olganlar kursantlarga sharafli va matonatli vazifani yorug’ yuz bilan ado etib, buyuk ajdodlarimizga munosib voris ekanliklarini amalda isbotlashlariga kuch, g’ayrat tiladilar.

Shuningdek tadbir davomida kursantlarning qo'l jangi mashqlari namoyish etildi.

Marosim so'ngida dala o'quv mashg'ulotlarida faol ishtirok etgan kursantlar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan rag'batlantirildi.