Bundan 128-yil muqaddam, 1894-yil baron Pyer de Kuberten tomonidan zamonaviy Olimpiya oʻyinlarini tiklash yoʻlida Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga asos solingan. Bugungi kunda ushbu bayram tinchlik va salomatlik elchisi sifatida butun dunyoda keng nishonlanmoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi mamlakatimizdagi Olimpiya harakati ishtirokchilari va millionlab sportga oshno tutingan yurtdoshlarimizni insoniyat tarixidagi ushbu muhim sana “Xalqaro olimpiya kuni va Yoshlar kuni” bilan qutlab, “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoniga start berdilar. Erta tongda “Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsad sari yuguramiz!” shiori ostidayurtimizning 16 ta shahrida start olgan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasida, Farg'ona davlat universiteti jamoasi va talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar.
Ushbu "Yangi Nafas" marafonida Farg'ona davlat univеrsitetining Jismoniy madaniyat fakultеti talaba-qizlari
Sitora Kurbonova 1-o'rinni,
Mеhruza Abdumalikova 2-o'rinni,
Shirin Tеshaboyеva esa 3-o'rini egalladilar!