Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 346
  • Ko`rib chiqilganlar 312
    • Takliflar 50
    • Arizalar 261
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

​“SCOPUS” BAZASIDAGI JURNALLARDA MAQOLA CHOP ETISH BO’YICHA SEMINAR-TRENING

11:27, 27.06.2023      

Farg’ona davlat universiteti professor-o’qituvchilari uchun Scopus bazasidagi jurnallarda maqola chop etish bo’yicha seminar-trening o’tkazildi.

Universitet professor-o‘qituvchilarining nufuzli xalqaro ilmiy jurnallardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish hamda ularning ilmiy natijalarini e’lon qilish uchun uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida tajribali ekspertlar – Fizika matematika fanlari doktori E. Karimov, Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi mudiri,(PhD) B.Sheraliyev va Ilmiy bo'lim boshlig'i,(PhD) B.Ahmedovlar tomonidan seminar-trening tashkil etildi.

Treningda mutaxassislar tomonidan maqola yozish talablari, xususan, mavzu tanlashning muhimligi, tadqiqotning gipotezasi, uslublari, lingvistik jihatlari, yozuv formati haqida keng ko‘lamli tushunchalar berildi.