Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 468
  • Ko`rib chiqilganlar 435
    • Takliflar 59
    • Arizalar 364
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

​MAHALLA YOSHLARI- VAZIRLIK E'TIBORIDA

15:34, 08.07.2023      

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.

Zero, Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.

Shu maʼnoda, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi ishchi guruh vakili Hurshid Eshov tomonidan Farg'ona davlat universitetiga biriktirilgan shahardagi "Yoshlar", "Ibrat"," Ipak yo'li", "Jo'ydam", "Bahor"," Farg'ona" mahallalardagiyoshlar holidan habar olinib, ularning muammolari, ijtimoiy kayfiyati va qiziqishlari о'rganildi.

Shuningdek, mahalla yoshlarining mavjud muammolarini ijobiy hal etishda tegishli huquqiy tavsiyalar berildi.